So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

18 iyu 13:17
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda sport tizimi rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  MOQSportO'zbekiston
Bugun, 18 iyun kuni Milliy olimpiya qo'mitasida sport masalalariga bag'ishlangan katta yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov, shuningdek, sport federaciyalari rahbarlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda sport sohasida to'planib qolgan muammolar, tashkiliy masalalar, joylarda ishning borishi, Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

“Bugungi kundagi eng asosiy muammolardan biri sportchilar zaxirasi yo'q ekanligidadir. Buning asosiy sababi esa albatta murabbiylarga borib taqaladi. Bunday vaziyatda qanday sportchilar tayyorlaymiz? Xalqaro musobaqalardan so'ng hisobotlar chiroyli qilib yozib beriladi. Ammo, ularning tahlili yo'q. Nima uchun muvaffaqiyatsizlik tahlil qilinmaydi? Qachongacha bunday bo'ladi? Endi federaciyalar buning uchun javob berishadi.

Ixtisosllashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktablarida ish qanday tashkil qilingan? Ular orqali munosib zaxira etishib chiqyaptimi? Buni chuqur tahlil qilib chiqish lozim. Balki iqtidorli, ammo mablag'i yo'q bolalar chetda qolib ketayotgandir? Musobaqalarda muntazam ravishda bir hil sportchilar ishtirok etib kelishadi”, – dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov.

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari ham murabbiylar masalasiga alohida etibor qaratish lozimligi haqida gapirdi.

“Kuni kecha Qo'qondagi yangi sport maktabining ochilishiga bordik. U hususiy sport maktabi. Bizning tizimdagi BO'SMlar davlatdan yiliga ikki milliard so'm olsadat bunday darajaga chiqa olmayapti. Endi BO'SMlarda olimpiya sport turlari alohida tartibga solinadi, ularga etibor kuchaytiriladi. Bu borada sport federaciyalari bilan birga ish olib boriladi. Murabbiylarni tayyorlash masalasini ham qayta ko'rib chiqish kerak. Bu bo'yicha sport federaciyalaridan taklif kutamiz. Olimpiya zaxiralari kollejida ham murabbiylar tayyorlash yo'nalishini tashkil qilishimiz lozim. Bu juda muhim, alohida etibor qaratilishi lozim bo'lgan masalalardan biridir.

“Sportchilarning ovqatlanish racioniga alohida etibor qaratish lozim. Har bir sport turi bo'yicha sportchilar turlicha kaloriyali ovqatlar istemol qiladilar. Og'ir atletikachi bilan engil atletikachi bir hil ovqat emaydiku? Buni to'g'ri o'rganib chiqib, tizimni yo'lga qo'yib olish lozim. Qolaversa, Olimpiya zaxiralari kollejlarining xech birida fitness zali yo'q. Ularning har biriga fitness zal qurib berishimiz kerak. U erda bokschi ham, dzyudochi ham, umuman barcha sportchilar shug'ullanib, o'z ustilarida ishlashi mumkin bo'ladi.

Kerak bo'lsa BO'SMlarni hususiylashtirish haqida o'ylash lozim. Yuqorida aytib o'tganimdek, Qo'qondagi sport maktabi BO'SMlardan ham zo'r. U erda barcha sharoitlar bor.

Navbatdagi masala esa maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish, bolajonlarni sport bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir. Kelajakda Respublikadagi MTMlarga reja asosida jamg'arma hisobidan sport anjomlari olib beriladi. Ommaviylik aynan shu orqali ko'tariladi. Ular orqali BO'SM va OZKlarga tayyor sportchilarni etishtirib olamiz. MTM, maktab, BO'SM, OZK. Ana sizga tayyor tizim. SHuni yo'lga qo'yib olsak licenziya olish bilan maqtanib yurmaymiz. Nufuzli musobaqalarda ulardan ishonch bilan medal kutamiz”, – dedi Umid Ahmadjonov.

SHuningdek, bugungi kungacha oliy mahorat maktablariga qarab, quyi bo'g'inlarga etibor qaratilmaganligi, bu orqali muammolar to'planib qolganligi haqida gapirildi. Umuman olganda, yig'ilish qizg'in muhokamalarga boy bo'ldi. Mutasaddi xodimlar va sport federaciyalari masullari OZKlarga qabul qilish mezonlari, unda nimalarga alohida etibor qaratilishi lozimligi bo'yicha qizg'in debat uyushtirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing