So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

21 noy 18:13
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda sportchilarni nazorat qilish bo'yicha profilaktik tadbir tashkil etildi

Inson nima uchun sport bilan shug'ullanadi? Birinchi navbatda albatta o'z sog'lig'ini mustahkamlash uchun.

Sportchi tinimsiz mehnat, mashaqqatlar bilan bosqichma-bosqich professional darajaga etadi va shu orqali o'z vatani shanini xalqaro arenalarda himoya qilishi mumkin bo'ladi. Ammo, sportdan qing'ir maqsadlarda foydalanadigan qo'shtirnoq ichidagi "sportchilar" ham bugungi kunda uchrab turibdi.

Sir emaski, O'zbekistonda fuqarolar xavfsizligini taminlash shaxsan mamlakatimiz rahbari nazoratida turibdi. Yurtdoshlarimiz xavfsizligi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda. Ammo, guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek, har zamonda ko'ngilsizliklar ham sodir bo'lmoqda. Ular sportchilar ishtirokida qayd etilayotgani esa yanada achinarlidir.

Bugun, 21 noyabr O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida sportchilar ishtirokida tartibsizliklarni, jinoiy holatlarni oldini olish bo'yicha profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, MOQ birinchi vice-prezidenti Nazirjon Xudoyqulov, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mutasaddilari, yurtimizdagi sport federaciyalari vakillari, murabbiylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbir davomida sportchilar ishtirokida sodir bo'layotgan ko'ngilsiz xodisalar, jinoyatlar misol qilib keltirildi. Sportchilar imkon darajasida nazoratda ekanligi, ammo noolimpiya yo'nalishida faoliyat olib borayotgan bazi sportchilar etibordan chetda qolib ketayotgani qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan federaciya vakillari va murabbiylarga sportchilar uchun bu borada tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi aytildi. Bunda albatta asosiy masuliyat murabbiylarga yuklatiladi. Sportchilarga kuchni ko'chada emas, mashg'ulotlarda va musobaqalarda ko'rsatishlari kerakligini aynan murabbiylar o'z shogirdlariga tushuntirishlari kerakligi aytildi. CHunki, yosh sportchi ota-onadan ko'ra, ko'proq ustozining ko'rsatmalariga amal qilishi takidlandi. Agar murabbiylar bu borada masuliyatsizlikka yo'l qo'yadigan bo'lsalar, licenziyadan mahrum qilishgacha bo'lgan jazo qo'llanilishi mumkinligi malum qilindi.  

Uchrashuv davomida bunday holatlarni oldini olish bo'yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi, federaciyalar vakillari o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, yoshlar sport bilan shug'ullanish uchun kelganda mashg'ulotlarda o'rganadigan uslublarni sport zali va musobaqalardan boshqa joyda qo'llamasliklari bo'yicha tilxat olish lozimligi, faoliyatini yakunlagan sportchilar turli qing'ir yo'llarga kirib ketmasligi uchun ularni ish bilan taminlash kerakligi taklif sifatida aytib o'tildi.

Rejaga ko'ra kelajakda sportchi va murabbiylar uchun "Manaviyat kuni" tashkil qilinadi. Milliy olimpiya qo'mitasi va Ichki ishlar vazirligi bu borada yaqindan hamkorlik qiladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing