So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

04 may 08:36
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda yana bir yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  MOQTadbirToshkent
Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Bosh kotib Jasur Matchanov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti rektori Komil Yarashev va universitet professor-o'qituvchilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda murabbiylar tayyorlash tizimini qayta ko'rib chiqish, universitet bitiruvchilarini murabbiylik sohasiga yanada qiziqtirish, yosh murabbiylar uchun ilmiy-metodik qo'llanmalar yaratish va boshqa masalalar muhokama etildi.

Barchamizga malumki, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetini har yili yuzlab talabalar bitirib chiqishadi. Ammo, ularning hammasi ham keyinchalik murabbiylik sohasini tanlamaydi. Aksincha, huquqni muhofaza qilish, moliya yoki iqtisodiy yo'nalishlarda faoliyat olib borishni maqul ko'radilar.

Aynan shuning uchun ham universitet bitruvchilarini murabbiylik kasbiga qiziqtirish, kelajakda ulardan etuk mutaxassislar tayyorlash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 

Uchrashuv davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti qoshida terma jamoalar uchun malakali murabbiylar etkazib berish bo'yicha maxsus ilmiy guruh tashkil etishga kelishib olindi. O'z navbatida, Jasur Matchanov ham Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu jarayonda faol ishtirok etishini takidlab o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing