So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

19 iyu 17:33
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda yangi tashkil etilgan Jamg'arma faoliyatiga doir matbuot anjumani bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi 507-sonli Qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi.

Bugun, 19 iyul kuni Milliy olimpiya qo'mitasida ushbu jamg'arma vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Jamoliddin Xolboev, shuningdek, uning o'rinbosari Akmal Babanovlar ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga javob qaytarishdi.

Jamg'arma haqida

Davlatimiz rahbarining O'zbekistonda Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etishga oid qarorida bir qator vazifalar belgilab berilgandi. Ulardan biri Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasini tashkil etish haqida bo'lgandi. SHu munosabat bilan, 5 iyul kuni Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi negizida ushbu jamg'armaga asos solindi.

Barchani bir savol qiziqtirmoqda. Yangi jamg'arma avvalgisidan qanday farq qiladi? Bungacha ushbu tashkilot tomonidan ko'plab loyihalar moliyalashtirilgan. Buenos-Ayresdagi o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmalari uchun kurashgan sportchilarimiz ham ushbu jamg'arma tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Ilgari 19 yoshgacha bo'lgan sportchilar faoliyati moliyalashtirilgan va jamg'arma tomonidan rag'batlantirilgan. Endi esa ushbu yosh chegarasi olib tashlandi. Qolaversa, bungacha faqat bolalar sporti uchun mo'ljallangan sport obektlari qurilishida ushbu jamg'arma qatnashgan. Endi esa Prezident topshirig'iga asosan 4ta viloyatda Universal sport saroylari quriladi. Sport anjomlari xarid qilishda ham talabdan kelib chiqqan holda, sifatli inventarlar olib beriladi. Maktabgacha talim vazirligi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bolalar bog'chalariga ham sport jihozlari olib berish rejasi ishlab chiqilgan va bu borada kelishuvga erishilgan. Bu ham Prezident Qarori asosida qo'yilgan navbatdagi qadam hisoblanadi.

Jamg'arma nimalarga pul ajratadi?

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi sportchi va murabbiylarimizni qo'llab-quvvatlaydi, sport sohasida yutuqqa erishgan hamyurtlarimizni taqdirlaydi, rag'batlantiradi. Xorijda tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarga pul ajratadi. Oldimizga katta maqsad va vazifalar belgilab berilgan. Quriladigan sport inshootlari nomiga emas, sifatli va talabga javob beradigan bo'ladi.

Jamg'arma qaysi manbaalar evaziga moliyalashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan jamg'arma uchun homiylar biriktirilgan. Bugungi kunga kelib ular 92 foiz mablag'ni jamg'arma hisobiga o'tkazib berishdi. SHuningdek, sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda ishtiroklarini taminlash uchun xorijiy valyuta hisobi ham tashkil etilgan. Jamg'arma mablag'i sarflanishi borasida muntazam ravishda hisobot berib boriladi. Bu esa albatta shaffoflikni taminlaydi.

Jamg'arma tomonidan qaerda sport zallari barpo etiladi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig'iga binoan jamg'arma hisobidan Andijon, Samarqand, Buxoro va Toshkentda Universal sport majmualari barpo etiladi. Ushbu sport inshootlari 2018-2020 yillar davomida qurib, foydalanishga topshiriladi.

Matbuot anjumani davomida OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan ham murojaat qilishdi. Tadbir davomida shuningdek, barpo etiladigan “Sport” erkin iqtisodiy zonasi, oldinda turgan Osiyo o'yinlari va boshqa masalalar bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing