So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

13 avg 09:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Moskvadan eksklyuziv! SHohjahon endi oshpaz. Yigit kishiga qirq hunar ham oz FOTOREPORTAJ

Kecha kechqurun Moskvaning Dobrininskaya metrosi yaqinida joylashgan BAZARA NET by Doni kafesida o'ziga xos shou-tadbir o'tkazildi.

Unda hamyurtlarimiz – kafe egasi, MS Doni taxallusi bilan ijod qiluvchi repper Dostonbek Islomov (Dostonbek ham yoshligida boks bilan jiddiy shug'ullangan) taklifiga ko'ra ayni damda Rossiya poytaxtida bo'lib turgan bokschimiz SHohjaxon Ergashev ishtirokida o'zbekona osh tayyorlash va shu bahona muxlislar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbir boshlanishidan ancha oldin yig'ilishni boshlagan muxlislar soni bir zumda yuz nafardan oshib ketdi va ko'pchilik navbat kutib ko'chada ham turib qoldi.

SHohjahonning aytishicha, koronavirus pandemiyasi sababli butun dunyoda katta tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilishi ham cheklanganligi tufayli uning ham oldindan belgilab qo'yilgan rejalalari o'zgarib ketgan. Mana endi butun dunyoni larzaga solgan bu balo chekinishni boshlagach, u ham o'z faoliyatini yana davom ettirish va navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun mashg'ulotlarga zo'r berishni boshlagan. 

Karantin paytida O'zbekistonda xordiq chiqarib, mashg'ulotlarini o'tkazgan bokschimiz tayyogarlikni bu haftadan Moskvada davom ettirmoqda. Rossiya poytaxtida bir oz muddat bo'lgach, u Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketishni va navbatdagi jangga tayyorgarlikni okean ortida davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Qisqa savol-javoblar bilan boshlangan tadbir bir zumda katta fotosessiyasga aylanib ketdi va uzoq davom etgan bu jarayondan keyin tadbirning yakuniy bosqichi boshlandi - MS Doni va SHohjahon birgalikda osh va kabob tayyorlashdi.

Moskva shahridan saytimiz uchun Akbar Yusupov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing