So’nggi yangiliklar

17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0

12 noy 09:32
Yangiliklar

Boshqalar

Motokross. To'rtta davlat sportchilari qatnashgan musobaqa g'oliblari Olmaliqda aniqlandi FOTOGALEREYA

Toshkent viloyatining Olmaliq shaxridagi “Kalmakir” nomli mototrassada motokross bo'yicha O'zbekiston ochiq Kubogi o'tkazildi.

“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining ko'rsatmasiga asosan Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa yoshlar o'rtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, ularni aynan mana shu sport turlariga kengroq jalb etishga xizmat qildi. 

Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan o'nta jamoa sportchilari bilan bir qatorda Rossiya hamda Qozog'iston va Tojikiston Respublikalari motokroschilari shaxsiy birinchilikda g'oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqaning 85 santimetr kub sinfidagi poygalarda qozog'istonlik Nikita Karnauxov birinchi bo'lib marraga etib kelgan bo'lsa, hamyurtlarimizdan Jasurbek Samadov va Abrorbek Jumanov ikkinchi hamda uchinchi pog'onadan joy oldi.

125 santimetr kub sinfida Vladimir Sichev (Rossiya), Nikita Karnauxov (Qozog'iston) va Andrey Sazonov (O'zbekiston) shohsupaga ko'tariladi. Hajmi 500 santimetr kub bo'lgan motocikllarda o'tgan bahslarda birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi azosi SHavkat Sulaymonov egallagan bo'lsa, buxorolik Bekzod Xalimboevga ikkinchi, navoiylik Marsel Galievga uchinchi o'rin nasib etdi.

Umumjamoa xisobida 877 ball to'plagan Buxoro viloyati jamoasi birinchi o'rinni egallab, motokross bo'yicha O'zbekiston ochiq Kubogini qo'lga kiritgan bo'lsa, 624 ball bilan Navoiy viloyati jamoasi ikkinchi, 574 ballga ega bo'lgan Toshkent viloyati jamoasi uchinchi o'rinni egalladi.

Musobaqa g'oliblari O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar“ tashkiloti markaziy kengashi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazining diplom, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Muzaffar XADJIEV, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi bosh mutaxassisi 

Ilhom RAHMONOV o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing