02 fev 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Movsar Evloev Volkanovskining g'alabasiga iliq munosabat bildirdi
UFC jangchisi Movsar Evloev Aleksandr Volkanovskini chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan tabrikladi.
"Ajoyib jang, Aleks. U shu yoshda ham yaxshi jangchi bo'lish mumkinligini ko'rsatdi. Men siz bilan oktagonni baham ko'rishni intiqlik bilan kutaman. Sizga nima uchun bu yigitlardan farq qilishimni ko'rsatmoqchiman!", deb yozgan Evloev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Aleks kecha yarim engil vazn toifasi chempionligi uchun kechgan jangda ikkinchi marotaba meksikalik Diego Lopesdan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar