27 fev 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/207347_220.jpg)
MPL turnirining bonus sohiblari qanchadan ishlab olishadi
Muradov Professional League'da bonus qiymati qancha?
Tashkil etilaganiga ko'p bo'lmay turib, o'zbek MMA'sida yaxshigina nom qozongan Muradov Professional League bugun o'zining uchinchi xalqaro turnirini o'tkazadi. Mazkur jang oqshomida Muradov Legion Team'ning taniqli vakillari oktagonga chiqadi. Kuni kecha ananaga muvofiq oqshom oldidan face-to-face hamda vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirdan so'ng Muradov Legion Team jamoasining murabbiyi Jasur Alijanovga turnirdagi bonus haqida savol berdik:
"Barcha MMA ligalaridagi kabi bizning ligamizda ham bonuslar mavjud. Unga ko'ra, "Eng yaxshi jang", "Eng yaxshi nokaut", "Eng yaxshi sambishon" egalariga 500 $ miqdorida bonuslar beriladi", - dedi "Jasco coach".
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar