23 jan 07:51
Yangiliklar
Tadbirlar
Muborak tumanining 40 yilligi munosabati bilan kurash musobaqasi o'tkazildi
Azal-azaldan Muborak zamini o'zining er osti va er usti boyliklari bilan birgalikda fidoiy, vatanparvar, mard va jasur insonlari bilan mashhur bo'lgan.
Muborak tumanining tashkil topganiga 40 yil to'lishi munosabati bilan Bahrom Vafoev nomli markaziy stadionda sportning milliy kurash turi bo'yicha Respublika turniri bo'lib o'tdi.
Yurtimizning dong'i ketgan alp qomatli polvonlari, jahon chempionlari kurash musobaqasida ishtirok etishdi. Turnirda bosh mukofot (birinchi tovoq) uchun bahsda Surxondaryo viloyatidan O'zbekiston chempioni Sami polvon va Qashqadaryodan g'uzorlik SHerali polvon gilamga chiqdi.
Ushbu qarama-qarshilikda g'oliblik g'uzorlik SHerali polvonga nasib etdi va u bir tuya va 4 000 000 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : fcmashal.uz
Fikrlar