22 iyu 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammad Alining nabirasi professional boksda debyut qiladi
Afsonaviy bokschi Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh shu yil 14 avgust kuni professional boksda debyut qiladi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
"Men aniq bilamanki, bobom agar men Bob Arumdan boshqa promouter bilan ishlaganimda mendan xafa bo'lgan bo'lardi. Boksda ko'pchilikka ham ishonib bo'lmaydi. Ammo, Bob Arum ham insoniylik, ham biznes tarafdan ishonchli inson.
Men har doim Top Rank'ning bir qismi bo'lishni orzu qilganman. Bu juda ajoyib ish. O'z debyutimni intizorlik bilan kutyapman", - dedi Niko Ali Uolsh.
Muhammad Alining nabirasi Nikoning raqibi hali beri aniq emas.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar