24 fev 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhammad Mokaev: "Bir necha nokaut va men yana o'sha erda bo'laman"
Asli chechen, hozirda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan aralash yakkakurash ustasi Muhammad Mokaev yana UFC'ga qaytishi haqida gapirdi.
"Men hech qachon jangdan voz kechmaganman. Top-15 reytingidagi jangchilarga qarshi 4-0. Havaskorlar va professional faoliyatimda esa 39-0 rekordiga egaman. Sizlarga ancha oldin aytganman — men diviziondagi eng chanqoq va eng barqaror jangchiman! O'ta engil vazndagi haqiqiy chempionman! Xanter Kempbell, bir nechta nokautdan so'ng tez orada o'sha erda bo'laman", dedi Mokaev.
Malumot uchun, 25 yoshli Muhammad Mokaev 2022-2024 yillar davomida UFC'da 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar