03 jan 14:26
Yangiliklar
Sport kurashlari
Muhammad Mokaev ham kurash turnirida qatnashadigan bo'ldi, raqib jiddiy (POSTER)
Toshkent vaqti bilan 1 mart tongida AQSHning Arizona shtati Tempe shahrida professional erkin kurash bo'yicha RAF 6 (Real American Freestyle) turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi sobiq UFC jangchisi Muhammad Mokaev ham ishtirok etadi. U o'sha kuni PFL'da faoliyat olib boruvchi amerikalik Brays Merreditga qarshi gilamga chiqadi. Merredit NCAA Ligasida ikki karra, All-American tashkilotida esa erkin kurash bo'yicha uch karra chempion sanaladi.
Avvalroq, turnirning markaziy bahsida Genri Sexudo Yurayya Feyber bilan bellashishi haqida xabar berilgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar