25 mar 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhammad Mokaev MMA bo'yicha jang o'tkazadi, raqib malum (POSTER)
17 may tongida AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahridagi Intuit Dome majmuasida aralash yakka kurash bo'yicha MVP turniri bo'lib o'tadi.
Avval xabar berganimizdek, turnir doirasida Britaniya vakili, UFC cobiq jangchisi Muhammad Mokaev ham oktagonga ko'tariladi.
Biroq unga bir qator OAVlar malum qilganidek, o'ta engil vazn toifasida UFC'ning sobiq chempioni, amerikalik Demetrius Jonson emas, Braziliya vakili, ONE FC sobiq chempioni Adriano Moraes raqiblik qiladi. Jang MMA qoidalari asosida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Muhammad Mokaev hozirgacha 15 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Adriano Moraes hisobida esa 21 g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : MVP
Fikrlar