11 sen 20:58
Yangiliklar
Og'ir atletika
Muhammadqodir Toshtemirov JCHdagi ikkinchi medaliga ega chiqdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahri og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida -81 kg vazn toifasida Muhammadqodir Toshtemirov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Avvalroq u dast ko'tarishda 164 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, oltin medalni qo'lga kiritgandi. U siltab ko'tarishda 188 kg natija ko'rsatdi va beshinchi bo'ldi. Umumiy natijaga ko'ra u 352 kg bilan uchinchi bo'ldi va bronza medaliga ega chiqdi.
SHu tariqa, Muhammadqodir Toshtemirov JCHni oltin va bronza medallari bilan yakunladi.
(Foto: O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar