So’nggi yangiliklar

12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0

11 fev 19:12
Yangiliklar

Og'ir atletika

Muhammadqodir Toshtemirov: "Oltin medal olishni kutmagandim"

Poytaxtimizda bo'lib o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha xalqaro Birdamlik musobaqasining uchinchi kuni ham terma jamoamiz uchun omadli keldi.

Navbatdagi oltin medalni erkaklar o'rtasida -81kg bahslarida ajoyib ishtirok etgan sportchimiz (dast ko'tarishda 160 kg, siltab ko'tarishda 181 kg) Muhammadqodir Toshtemirov qo'lga kiritib, musobaqa haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Musobaqaga tayyorgarlik jarayoni ancha yaxshi kechgandi. Murabbiylarim menga ko'p yordam berishdi. Jarohatda bo'lganimda ularni meni qo'llab-quvvatlashdi, ruhan va jismonan yaxshi tayyorlashdi. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Oltin medal olishni kutmagandim. Maqsadim kuchli uchlikka kirish edi. Raqiblarimni kuzatdim, ularning rejalarini qaysidir manoda o'qiy oldim. Dast ko'tarish bahslaridagi uchinchi chiqishimda xato qilishimga bir bahya qoldi. Ming shukurki, mehnatim zoe ketmadi. Oldinda bizni yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati va jahon chempionati kutib turibdi. Ularda ham Oltin medalni qo'lga kiritib, Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashaman",  - dedi yurtdoshimiz.

Abror Jo'raqulov, UzJOKU talabasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing