21 avg 12:58
Yangiliklar
Sport kurashlari
Muhayyo Narzilloeva jahon chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi
Bratislava shahri (Slovakiya) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha U20 jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi.
Kechagi bahslarda kurashchi qizlarimizdan Muhayyo Narzilloeva -65 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo'ldi.
Kumush medal:
-65 kg: Muhayyo Narzilloeva.
Bugun kurashchi qizlarimizdan Ulbike Karlibaeva bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. SHuningdek, 3 nafar erkin kurashchimiz saralash bosqichida gilamga chiqadi.
Bronza medali uchun:
-57 kg: Ulbike Karlibaeva / Liliana Kapuvari (Vengriya) — Hiunai Hurbanova (Ozarbayjon).



Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar