25 avg 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhiddin Mamajonov Amirxon Alixo'jaevni nokautga uchratgan jangchi bilan to'qnash keladi! (POSTER)
O'zbekistonlik MMA ustasi Muhiddin Mamajonovning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.
Hamyurtimiz 26 sentyabr kuni Toshkentda o'tkaziladigan Mangu 5 turnirida oktagonga ko'tariladi. O'sha kuni unga rossiyalik tajribali Magomed Saliev raqib bo'ladi.
Jang yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Muhiddin Mamajonov faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Saliev hisobida esa 13 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. U Mangu 1 turnirida yurtdoshimiz Amirxon Alixo'jaevni birinchi raundda nokautga uchratgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
15:14
Rasman! Furqatbek Yoqubov Mangu Ligasining ilk chempionlik kamari uchun jang qiladi (POSTER) 0
Fikrlar