08 apr 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhiddin Mamajonov MPL 5'da jang qiladi
Muhiddin Mamajonovning navbatdagi jang sanasi malum.
Taniqli MMAchimiz Muhiddin Mamajonov (2-0) navbatdagi jangini MPL 5 turnirida o'tkazadi. Bu haqda sportchi Instagram'dagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
«Keyingi jangim 21 mayda MPL 5 turniri doirasida bo'lib o'tadi. In SHaa Alloh, tez orada sizlarni ajoyib g'alaba bilan xursand qilaman», - deya yozib qoldirdi sportchi tegishli suratni ilova qilib.
Hozircha Mamajonovga kim raqiblik qilishi aniq emas.
Eslatib o'tamiz, Mamajonov so'nggi jangini MPL'ning ilk turnirida qozog'iztonlik Nurshat Auelbaevga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar