30 dek 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhiddin Mamajonovning keyingi jangi sanasi va manzili elon qilindi
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Muhiddin Mamajonov oktagonga qaytish arafasida.
Sportchining Instagram sahifasi orqali xabar berishicha, u 2026 yilning 7 fevral kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida tashkil etiladigan MMA bo'yicha Mangu 1 turnirida oktagonga ko'tariladi.
Mamajonovga turnir doirasida kim raqib bo'lishi hozircha nomalum.
Muhiddin Mamajonov faoliyati davomida hozirgacha 10 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U so'nggi jangini sentyabr oyida qozog'istonlik Ruslan Serikpulovga qarshi o'tkazib, birinchi raundda g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar