20 jan 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhiddin Mamajonovning Mangu MMA 1 turniridagi raqibi elon qilindi (POSTER)
Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasi 7 fevral kuni aralash yakka kurashlar bo'yicha Mangu MMA 1 turniriga mezbonlik qiladi.
Musobaqa doirasidagi yana bir bellashuv elon qilindi.
Engil vazn toifasidagi janglari bilan tanilgan hamyurtimiz Muhiddin Mamajonov Mangu MMA 1 turnirida Qirg'iziston vakili Rustambek Amanbaev bilan bahs olib boradi.
Jang yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Mamajonov faoliyati davomida hozirgacha 10 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Amanbaev hisobida esa 8 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar