So’nggi yangiliklar

19:58Микаутадзе Евро гуруҳ босқичининг барча ўйинларида гол урган 9-футболчига айланди 0 19:37Жошуа Усик ва Фьюри ўртасидаги реванш учун ўз тахминини айтди 0 19:16Уиттакер қандай ҳолатда Чимаевга қарши жанг қилишини айтди 0 18:55UFC собиқ жангчиси полиция офицерига айланди + ФОТО 0 18:33Қойил! "Металлург" клуби ходими Бекободда чўкаётган болани қутқариб қолди 0 18:11Дана Уайт: "Ҳозирги рейтинг жуда ҳам аҳмоқона" 0 17:50ИНТЕРВЬЮ. Ильяс Бекбулатов Олимпиада циклига қўйилмагани, Жавраил Шапиевга ёрдам бераётгани ва Жаҳон чемпионатида иштирок этиш ниятида экани ҳақида гапирди 0 17:29Даниэль Дюбуа IBF'нинг тўлақонли чемпионига айланди. У камарини Жошуадан химоя қилади 0 17:08Эрон клуби "Насаф" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда 0 16:47Путинга ўз мезбонлигини таклиф этган Қозоғистон "Фижитал ўйинлари"ни қабул қилмайдиган бўлди 0 16:26Ёшларимиз Осиё Кубогига тайёргарлик кўришяпти + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:05Россиялик машҳур спортчи Ўзбекистон паспортини олиб улгурди. У юртимиз шарафини ҳимоя қилади 0 15:44"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчисига 45 миллион евро тўлашга тайёр 0 15:23Фомин рейтингда ўзидан 1039 поғона қуйида бораёттган теннисчига ютқазди 0 15:02UFC 305 турнирининг яна бир қизиқарли жанги эълон қилинди + ФОТО 0

28 avg 16:03
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Muhojir sifatida Rossiyaga borgan, hozirda Floyd bilan do'st tutingan, UFC tomon olg'a intilayotgan o'zbek - Mahmud Murodov haqida

Teglar :  Mahmud Muradov
Mahmud Murodov 17 yoshida muhojir sifatida Rossiyaga boradi.

U erda bir xonada o'n ikki kishi bilan yashardi. Hozir esa Murodov MMAda ketma-ket 11-g'alabasini qo'lga kiritdi. U Floyd Meyvezer bilan do'stlashgan, shuningdek chexiyalik mashhur qo'shiqchi bilan birga. “Match TV” muxbiri Murodovdan faoliyati haqida intervyu oldi.

Mahmud 2007 yil, 17 yoshida Tomskga pul topish maqsadida boradi. Murodov Rossiyada to'rt yil davomida ishladi.

"Men dastlab kelganimda o'n ikki kishi bilan bir xonada yashaganman. O'rtacha oyiga 10000-15000 rubl pul topardim, topganimni 60 foizini uyga jo'natganman".


- Bir umrlik "Doshirak"larinigizni eb bo'lgandirsiz o'sha vaqtlarda?

- Bu kunlarni unutmayman, lekin men ko'pincha "Rolton" eganman, sababi u arzonroq edi. Men uchun eng zavqli vaqt esa biz yogurt yoki smetana sotib olgan vaqtlarimiz bo'lgan edi o'sha kezlarda.


- Siz otangiz kasalligi sabab pul topish uchun kelganman dedingiz. SHundan so'ng otangizga nima bo'ldi?

- U hozirda qo'lsiz, shuningdek oyog'i ham yaxshi emas. Lekin eng asosiysi u hayot. Demak barchasi yaxshi. Ota-onam mening borim.

Mahmud Rossiyada salkam 4000 dollar ishladi. Keyin esa CHexiyaga o'qish uchun jo'nab ketdi, lekin bosh maqsad o'qish emas, balki professional faoliyatini boshlash edi. U barcha pulini o'qishga berdi. SHundan so'ng Mahmudning puli qolmadi.

"Men odatda CHexiyada do'konga kirib, u erdan narsa olib, o'sha erning o'zidayoq erdim. CHunki borishga joyim yo'q edi. Bir kuni meni tutib ham olishgan. CHexiyada bir yil o'qiganimdan so'ng, o'qish vizasini ishlash vizasiga almashtirdim. Bu erda barcha qora ishlarni bajardim. Ko'pincha meni aldab, pulimni berishmasdi. Kunlardan birida men Petr Knije sport zaliga borib qoldim. Men ulardan mashg'ulotlar qancha turishini so'radim, ular esa 10 evro deb javob qaytarishdi. Bu esa menga to'g'ri kelmasligini aytganimda, menga tekinga kelaverishimni aytishgan. Mana o'shandan beri men shu sport zalda mashg'ulot olib boraman”,-dedi Murodov.


Knije unga ish topishga ham yordamlashdi. Murodov oyiga 500 evro ishlab topishni orzu qilardi, lekin unga har smena ish uchun 80 evrolik ish topib berdi.

"Men 42 kun uzluksiz ishlagan vaqtlarim ham bo'lgan. SHundan so'ng jangda ishtirok etardim va yana 30 kunlab ishlardim. Men tezroq qarzlarimdan qutulib, oilamga pul jo'natishni istardim. SHu tariqa 3 yil davomida ishladim. Hozirda o'zimning qo'riqlash agentligim bor, u erda 30 nafar ishchim bor. Men shu erda Oleg Gazmanov bilan tanishganman. U mening eng mashhur do'stlarimdan".

Avgustning o'rtalarida Meyvezer "Instagram"dagi sahifasida Muradovning surati joylab, surat tagiga: «Jahonning eng kuchli MMA jangchisi»,-deb yozib qoldirdi. Murodov Meyvezer  promouter kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan birinchi MMA jangchisi hisoblanadi. Ular ikki yil avval CHexiyada tanishib qolishgandi.

"Floyd men haqimda yozganini o'zim ko'rdim. Mendan ko'pchilik Floyddan o'zing yozishni so'raganmisan deb aytishadi. Lekin unday emas, men buni so'ramaganman".

Mahmud yaqinda UFCning sobiq jangchisini nokaut qilishga erishdi. Bu nokaut ham Floydning "Instagram" sahifasiga yuklandi. Hozircha Murodov 11 ta jangda g'alaba qozongan. U "Ostagon" promosheni kompaniyasida jang qiladi. U UFCga o'tishi borasida fikr bildirdi.

"Evropada menga raqib topish juda qiyin bo'lmoqda. Dastlab raqiblarim menga qarshi jang qilishga rozi bo'lishadi, lekin ular janglarim videolarini ko'rganlaridan so'ng men bilan jang qilishdan voz kechishadi. Sochida S-70 turnirda Vyacheslav Vasilevkiga qarshi jang qilishim kerak edi. Men bu to'qnashuvga rozilik berdim, lekin ular rad etishdi. Men SHlemenkoga qarshi jang qilishni istagan bo'lardim. Lekin buning uchun rossiyaliklar menga kerakli pulni berishlari kerak".

- Bir oy muqaddam sizga UFC prezidenti Dana Uaytning ko'rgazmali jangida ishtirok etish imkoni berilgan ekan. Bu turnir g'olibi bilan esa UFC shartnoma imzolaydi. Siz esa bunga rad javobi bergansiz. Nega?

-UFCda debyutant jangchilarga o'rtacha 10000 dollar + 10000 dollar tizimida pul berishadi. Bu hozirda CHexiyada topayotgan pullarimdan ancha kam. Vaqti keladi, men UFCda jang qilaman. 


Hozirda Murodov Las-Vegasda. U Meyvezer sherikligida Dana Uayt bilan uchrashdi. 

-Uchrashuv haqida nima deysiz?

-Men ko'plab mashhurlar bilan uchrashdim. SHartnoma imzolanmagunga qadar hech nima demayman.

Murodov navbatdagi jangini 9 noyabrda Oktagon 15 turnirida o'tkazadi. Janglarga 20000 muxlisni sig'diradigan arena mezbonlik qiladi. Muradov Meyvezerning maqtovidan so'ng yanada mashhur bo'lib ketdi. Uning obunachilar kundan kunga ko'payib bormoqda.

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

   
29 avg 01:25:45
Бахтиёр Чориев
Махмуд Бухоро углони. Шахрам Гиясов, Шахобиддин Зоиров, Аббос Атоев, Ришод Собиров, Музаффар Раджабов, Ихтиёр Наврузов каби машхур боецлар шахри.
   
28 avg 21:21:25
Jalol Axmedov
sana oʻzgarishi mumkin lekin boks kechasi aniq boladi
   
28 avg 21:20:52
Jalol Axmedov
Forever foydalanuvchining fikriga javob berish
Zorku rostanmi tasdiqlanganmi
100% ishonchli malumot
   
28 avg 20:13:46
Forever
Jalol Axmedov foydalanuvchining fikriga javob berish
Toshkentda 29 Sentyabr katta Professional Boks oqshomi boʻlib oʻtadi va Unda Fazliddin Gʻoipnazarov, Jamshid Najmiddinov, Dostonbek Turdiyev, Ulugʻbek Haqberdiyev, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov kabi bokschilarimiz Ringga Koʻtariladi. Olamsport Uhlayapsizlarmi?
Zorku rostanmi tasdiqlanganmi
   
28 avg 19:35:21
Jalol Axmedov
Toshkentda 29 Sentyabr katta Professional Boks oqshomi boʻlib oʻtadi va Unda Fazliddin Gʻoipnazarov, Jamshid Najmiddinov, Dostonbek Turdiyev, Ulugʻbek Haqberdiyev, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov kabi bokschilarimiz Ringga Koʻtariladi. Olamsport Uhlayapsizlarmi?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing