15 iyu 20:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Mujibillo Tursunov qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi
Tailandning Puket shahrida boks bo'yicha "CHempionlar oqshomi" turniri o'tkazilmoqda.
SHou turnir doirasida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) qozog'istonlik Muhammedsabir Bazarbay Uuluga qarshi ringga chiqdi.
5 raundlik jang to'liq davom etdi va unda Mujibillo ochkolar evaziga g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, biroz avval Hasanboy Do'smatov mazkur turnir doirasida ispaniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratgandi. Birozdan so'ng boshqa bir bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev qozog'istonlik raqibga qarshi jangni boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar