So’nggi yangiliklar

09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0

24 dek 08:14
Yangiliklar

Dzyudo

Mukofot jamg'armasi 200 000 000 bo'lga Uzbekistan Judo Tour kuchlilarni saraladi + FOTOGALEREYA

2025 yil hisobidan so'nggisi hisoblangan Uzbekistan Judo Tour musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etgan musobaqa poytaxtimizning "Olimpiya" shaharchasidagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan arenasida o'tkazildi. To'rtta vazn toifasida o'tgan murosasiz bellashuvlar yakunida Anvarjon Ibrohimov (-66 kg), Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov (-73 kg), Amir-Said Djeyliev (+90 kg) va Irisxon Qurbonboeva chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. 

Toshkent viloyati terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Buxorolik dzyudochilar 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o'rinni band etishgan bo'lsa, 1 tadan oltin va bronza medaliga ega chiqqan Xorazm viloyati kuchli uchlikka yasab berdi. 

«Uzbekistan Judo Tour» g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport vaziri o'rinbosarlari SHaxrillo Mahmudov, Avaz Karimov, Toshkent shahar hokimi SHavkat Umurzoqov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi. 

Takidlash joiz, «Uzbekistan Judo Tour» musobaqasi istedodli dzyudochilarni kashf qilib berishi bilan ahamiyatli bo'ldi. 


«Uzbekistan Judo Tour» g'olib va sovrindorlari

-66 kg vazn toifasi

1. Anvarjon Ibrohimov (Buxoro)

2. Muxriddin Tilovov (Qashqadaryo)

3. Artyom SHturbabin (Toshkent viloyati)

3. Muhammad Ergashev (Toshkent shahri) 

  

-73 kg vazn toifasi

1. Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov (Surxondaryo)

2. Zamahshariy Bekmurodov (Buxoro)

3. Inoyat Telmanov (Toshkent shahri)

3. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)


+90 kg vazn toifasi 

1. Amir-Said Djeyliev (Toshkent viloyati)

2. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)

3. Fazliddin Rafikov (Toshkent shahri)

3. Jafar Naimov (Toshkent shahri) 


+70 kg vazn toifasi

1. Irisxon Qurbonboeva (Xorazm)

2. Zarina Bobonazarova (Toshkent shahri)

3. Fotima Kuranboeva (Xorazm)

3. Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing