30 dek 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy Bivolning jangi qachon bo'lishi haqida gapirdi
Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov bokschining ringga qaytishi bo'yicha taxminiy muddatni aytdi.
"Dimaning kelajagi haqida faqat shuni ayta olamanki, tiklanish ancha yaxshi ketyapti. Operaciya avgust oyida bo'lgan, shifokorlar reabilitaciya uchun olti oy kerakligini aytgan. Faqat shundan keyin to'liq mashg'ulotlarga kirishish mumkin bo'ladi. Biz, mashg'ulotlarni boshladik. Lekin ular engil, tayyorlovchi va organizmni moslashtirishga qaratilgan.
Qachon to'liq mashg'ulotlarga o'tishimizni ayta olmayman. Ayniqsa, jang o'tkazish muddatlari haqida gapirish qiyin. Ammo, o'ylaymanki, taxminan bahor oxiriga jangni rejalashtiramiz", — dedi Mashyanov.

Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar