11 jan 11:20
Yangiliklar

Murabbiy Deontey Uaylder faoliyatini yakunlashi mumkinligini tasdiqladi
"Ko'pchilik Deonteyning kelajagiga qiziqyapti. U faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi, bu haqiqat.
Ishonamanki, ko'pchilik Deonteyning o'rnida bo'lishni orzu qiladi. Bir safar men unga murojaat qildim. "Agar sen davom etishga qaror qilsang, ikki karra chempion bo'lasan. Agar ketsang, demak sen o'zing xohlagan hamma narsaga allaqachon erishgansan". SHunday qilib, Uaylder hali ham g'olib poziciyasida.
Uaylder qiziga yordam bermoqchi bo'lgani uchun boks bilan shug'ullana boshlagan va buni uddalagan. U superog'ir vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. Deontey katta gonorarlar oldi va ularni to'g'ri sarfladi, bu esa unga moliyaviy mustaqil bo'lishga imkon berdi. U hozir ajoyib holatda", — murabbiyning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Fikrlar