08 iyu 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy Ramazon Temirovning jangi bekor bo'lganini tasdiqladi
Hamyurtimiz Ramazon Temirov 26 iyul kuni Abu-Dabidagi UFC turnirida qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi jang qilishi lozim edi.
Afsuski ushbu jang bekor qilindi. Olamsport.com sayti muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova ushbu vaziyat yuzasidan sportchining murabbiyi Jasur Alijonovga murojaat qildi. Murabbiy Ramazonning jangi bekor bo'lganini tasdiqladi.
Endi Almabaev o'sha kuni Xose Ochoaga qarshi jang o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur turnirda boshqa bir hamyurtimiz Bogdan Guskov ukrainalik Nikita Krilovga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar