16 apr 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy Volkanovski UFC 314 turnirida jarohat olganini malum qildi
UFC'ning yarimengil vazn toifasidagi chempioni Aleks Volkanovskining murabbiyi Jo Lopes bu haqda xabar berdi.
Murabbiy shogirdi Diego Lopesga qarshi bo'lgan jangida qo'l suyaklaridan birini sindirib qo'ygan bo'lishi mumkinligini aytdi.
"U qo'lini sindirgan bo'lishi mumkin. Rentgen qilishimiz kerak. U jangda qo'lini jarohatladi. Menimcha, bu holat jangning boshida sodir bo'ldi. Aleks bunga oid hech narsa demadi, ammo jang tugagach: “Eshit, menimcha, qo'lim sinib qolgan”, dedi. Qaysi raundda bo'lganini aniq eslolmayman", — dedi Lopes.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar