26 fev 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiyi o'zbekistonlik bo'lgan UFC jangchisining jangi bekor qilindi
O'zbekistonlik MMA murabbiyi Husan Majlimovning shogirdi, BAA vakili Muhammad Yahyoning UFC'dagi jangi bekor qilindi.
U 3 mart kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik Brendon Marottega qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
Biroq jang Marottega bog'liq sabablar tufayli bekor qilingan. Hozirda Yahyoga boshqa raqib izlanayotgani haqida xabar berilmagan.
Malumot uchun, 29 yoshli Muhammad Yahyo hamyurtimiz Husan Majlimovning shogirdi hisoblanadi. U Majlimov qo'l ostida UFC'da bitta jang o'tkazgan va mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar