05 sen 13:49
Yangiliklar
Muradovning og'ir kunlari davom etmoqda. Mahmud CHexiyada yashash huquqidan mahrum bo'ldi
Malum bo'lishicha, 34 yoshli o'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi uyushgan jinoyatchilar bilan doimiy aloqa o'rnatgani tufayli unga nisbatan CHexiya sudi mamlakatda doimiy yashash huquqidan mahrum qilish jazosini qo'llagan.
Yodingizda bo'lsa, may oyida ham Mahmud CHexiyaga kirish bilan bog'liq muammolarga yo'liqqan edi.
CHexiya matbuotiga ko'ra, mamlakat Boshpana va migraciya siyosati departamenti sportchining CHexiyada vaqtincha yashash uchun topshirgan arizasiga rad javobini bergan. Muradov esa departament qaroriga javoban sudga davo arizasi kiritgan, ammo sud hukmi ham uning foydasiga hal bo'lmagani oydinlashdi.
Mahmud Muradov (26-8-0) faoliyati davomida UFC'da 4 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Uning keyingi jangi 21 sentyabr kuni Octagon 61 turniri doirasida britaniyalik Skott Askxemga qarshi bo'lishi kerak. Qizig'i, Octagon 61 turniri aynan CHexiyada tashkil etiladi. U ayni damda jang uchun Polshada mashg'ulot olib bormoqda.
Fikrlar