So’nggi yangiliklar

10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0

05 mar 18:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Murod Xonto'raev CHirchiqdagi tadbirda qatnashdi

Teglar :  Murod Xonto'raev
Bugun, 5 mart – O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan butun respublikamiz bo'ylab tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, CHirchiq shahrida joylashgan O'zDJSTUda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan yirik bayramona tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, CHirchiq shahri hokimi, viloyat sporti fidoyilari, mashhur sportchilar, tuman boshqarmalari hamda viloyatdagi barcha BO'SMlari rahbar-xodimlari va o'quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat sporti rivoji yo'lida xizmat qilayotgan faol xodimlar, xalqaro maydonlarda qator yutuqlarni qo'lga kiritgan sportchilar va viloyat sporti yutuqlarini yoritib borishda faol bo'layotgan OAV vakillari viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va viloyat hokimligi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Ularning qatorida xalqaro maydonlarda yurtimiz shanini munosib himoya qilib kelayotgan 23 nafar Jahon va Osiyo chempionlariga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

SHuningdek, Toshkent viloyati tumanlari o'rtasida sportni keng targ'ib etayotgan tuman sifatida Toshkent tumani etirof etilib, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov tomonidan 56 mln so'mlik sport inventarlari bilan taqdirlandi.

SHundan so'ng tadbirning bayramona dasturiga navbat berildi. Dasturga ko'ra, viloyatda o'zbek jang sanati, taekvondo, karate sport turlari bilan shug'ullanayotgan yoshlar o'z ko'rgazmali chiqishlari bilan ishtirok etishdi. SHuningdek, bir qator sanatkorlar o'z kuy va qo'shiqlari bilan tadbir tomoshabinlarini xushnud etishdi.

Tadbir yakunida MMA bo'yicha ko'pkarra Osiyo chempioni “Osiyo ayig'i” laqabi bilan dunyoga mashhur bo'lgan sportchimiz Murod Xonto'raev viloyatdagi 500 nafardan ortiq yosh sportchilarga viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan sovg'larga o'z dasxatini tushirgan holda taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing