31 jan 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev 42 yillik rekordni takrorladi
Bugun bokschimiz Murodjon Ahmadaliev professional ringdagi 8-jangida amerikalik Daniel Romanni mag'lub etdi.
Ushbu g'alaba orqali Ahmadaliev biryo'la ikki yo'nalishda - WBA va IBF yo'nalishlari chempioniga aylandi.
Olamsport.com sayti malumotiga ko'ra, bu orqali Murodjon Ahmadaliev professional boks tarixida jahon rekordini takrorladi. Bungacha amerikalik Leon Spinks 1978 yilning 15 fevralida o'zining prof boksdagi 8-jangida Muhammad Alini mag'lub etgan va WBC va WBA kamarlarini qo'lga kiritgandi. Bugun Ahmadaliev ham o'zining 8-jangida ikkita kamarni qo'lga kiritib, ushbu rekordni takrorladi.
O'zbek boksi tarixida esa bu ishni ilk marotaba amalga oshirgan sportchi sifatida qayd etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar