29 may 15:00
Yangiliklar
Murodjon Ahmadaliev, Abdumalik Xalokov, Lazizbek Mullojonov va boshqa yulduzlar. Bugun Toshkentda katta professional boks oqshomi o'tkaziladi
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik boks yulduzlari Murodjon Ahmadaliev, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Xalokov, bundan tashqari, kubalik Robeysi Ramires, Rossiya vakili Magomed Kurbanov ringga chiqadi.
Bellashuvlar 18:00 da start olishi belgilangan.
Turnirning to'liq kardi quyidagicha:
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarim engil vaznda WBC Eurasia kamari uchun: Robeysi Ramires (Kuba) - Asror Vohidov (Tojikiston)
Yarim engil vazn toifasida 10 raundlik jang: Murodjon Ahmadaliev (O'zbekiston) - Egli Moskeda (Venesuela)
Og'ir vaznda WBC Eurasia kamari uchun: Lazizbek Mullojonov (O'zbekiston) - Luis Xose Marin Garsiya (Venesuela)
Yarim o'rta vaznda WBC Eurasia kamari uchun: Xursand Imankuliev (Turkmaniston) - Adam Dacha (Tanzaniya)
Super o'rta vaznda WBC Eurasia kamari uchun: Nurislom Ismoilov (O'zbekiston) - Lupakisyo SHoti (Tanzaniya)
Yarim engil vaznda 6 raundlik jang: Abdumalik Xalokov (O'zbekiston) - Vishal Kumar (Hindiston)
Super yarim o'rta vaznda 8 raundlik jang: Magomed Kurbanov (Rossiya) - Li Tongxuy (Xitoy)
Prelim kard:
Og'ir vaznda 6 raundlik jang: SHohjahon Abdullaev (O'zbekiston) - Stefan Akon (Gana)
Super yarim o'rta vaznda 4 raundlik jang: Bogdan Gorgol (Ukraina) - Nurken Ibodullaev (O'zbekiston)
Yarim o'rta vaznda 6 raundlik jang: Abdulloh Madaminov (O'zbekiston) - Boburbek Bobojonov (O'zbekiston)
Eng engil vaznda 8 raundlik jang: Islomjon Rahmonov (Tojikiston) - Bekzat Musaxan (Qozog'iston)
Engil vaznda 4 raundlik jang: Lionel de los Santos (Dominikan Respublikasi) - Meroj Istamtoshev (O'zbekiston)
Super yarim o'rta vaznda 4 raundlik jang: SHaxabbas Mahmudov (Rossiya) - Altay Kojamurat (Qozog'iston).
Fikrlar