13 noy 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon Ahmadaliev bilan jang qilishi kerak bo'lgan Naoya Inoue boshqa vaznga o'tadimi?
Ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (28-0, 25 KO) kelgusidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"AQSH yoki Yaponiyada bo'ladigan har qanday superjangni mamnuniyat bilan qabul qilaman. Qachon boshqa vaznga o'tishim bo'yicha hali qaror qilganim yo'q. Raqiblik uchun menda aniq bir nom yo'q. Har bir jangimdan so'ng men uchun yaxshi raqib paydo bo'lishiga ishonchim komil", dedi Inoue.
Naoya navbatdagi jangini 24 dekabr kuni Tokioda Sem Gudmanga qarshi o'tkazadi. Uning WBA kamari uchun majburiy davogar o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev hisoblanadi.
Havola :
Manba : Fight Hub
Fikrlar