So’nggi yangiliklar

17:03"UzChess Cup" - Муҳиддин Мадаминов чемпион! 0 16:55ЖЧда 1-тур якунланмасдан илк истеъфо содир бўлди 0 16:29Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти истеъфога чиқди, унинг ўрнига ҳамюртимиз ташкилотни бошқаради 0 16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0

27 jan 13:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev boks tarixidagi rekordni takrorlashi mumkin

Murodjon Ahmadaliev 30 yanvar kuni (Toshkent vaqti bilan 31 yanvar tongi) o'zining 8-jangidayoq biryo'la ikki yo'nalish - WBA va IBF kamarlari uchun Daniel Romanga qarshi ringga chiqadi.

Keling, avvalo uning professional boksdagi ushbu janggacha bo'lgan yo'lini bir esga olsak. Murodjon Ahmadaliev ushbu janggacha 2018 yil 24 noyabr kuni prof ringdagi 5-jangida WBA reytingida 6-o'rinda borayotgan (Murodjon u vaqtda reytingda 3-o'rinda qayd etilgan edi) Aykaz Zaratani 9-raundda texnik nokautga uchratdi va WBA reytingida 1-o'ringa ko'tarilib, WBA chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylandi.

Ammo chempion Daniel Roman IBF chempioni Ti Jey Doxenyga qarshi birlashtiruvchi jang bo'yicha kelishuvga erishgani uchun WBA tashkiloti istisno tariqasida himoya jangini kechroqqa qoldiradi. 2019 yilning 26 martida Daniel Roman shiddatli kechgan jangda TJ Doxenyni ochkolar bo'yicha mag'lub etib, ikki yo'nalish - WBA va IBF chempioniga aylanadi. Ayni shu kechada Murodjon Ahmadaliev ham prof boksdagi 6-jangini Karlos Karlsonga qarshi o'tkazib, 3-raundda raqibini nokautga uchratadi.

So'ngra Butunjahon Boks Associaciyasi Murodjon Ahmadaliev va Daniel Roman jangiga buyruq berdi. Tomonlar o'zaro kelishishi kerak edi. Ammo Daniel Roman jamoasi jangga hadeganda rozi bo'lavermadi. Oxir oqibat jang o'tkazish huquqini ochiq aukcionda Murodjon tarafdan "Mir Boksa" kompaniyasi 145 ming dollar evaziga sotib oladi va shu tariqa Ahmadaliev o'zining 7-jangidayoq WBA va IBF chempionlik kamari uchun ringga chiqadigan bo'ldi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, bunday kam sonli jang bilan ikki yo'nalish chempionlik kamarini qo'lga kiritgan bokschi bu Leon Spinks hisoblanadi. U 8-jangidayoq WBC va WBA kamarlari uchun afsonaviy Muhammad Aliga qarshi ringga chiqqan va 15 raundlik jangda (u vaqtda janglar 15 raundlik bo'lgan) ochkolar hisobida g'alabaga erishib, tarixiy va sensacion natijaga erishgan. Bu statistikani hozircha hech kim yangilamadi. 

Murodjon Ahmadalievda bu rekordni yangilash imkoni bor edi. Uning chempionlik jangi 2019 yilning 13 sentyabrida, 7-jangidayoq ikki yo'nalish chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishi kerak edi. Ammo, Romanning jarohati bois jang qoldirildi va "Kaka" Uilner Sotoga qarshi yana bir reyting jangi o'tkazdi.

Roman jarohatdan forig' bo'lgach, 30 yanvar kuni AQSHning Florida shtatidagi Mayami shahrida jang o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi. Mana, jangga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Agarda Ahmadaliev bo'lajak jangda g'alaba qozonsa, Spinksning tarixiy rekordini takrorlagan bo'ladi. Unga omad tilaymiz va O'zbekistonga biryo'la ikkita kamar bilan qaytishiga tilakdoshmiz.

Jalol Ahmedov tayyorladi (Jizzax, Forish)

Reyting: +4   

Fikrlar

+5   
27 jan 13:45:56
Jalol Axmedov
Maqola yoqadi degan umiddaman
   
27 jan 21:39:38
Jalol Axmedov
Nurmukhammad Abdullaev foydalanuvchining fikriga javob berish
Жалол гонорарлар хакада малумот йукми?
MIR BOKSA kompaniyasi 145 ming dollar evaziga jangni oʻtkazish huquqini sotib olgandi. WBA qoʻygan talabga koʻra 75% summa gonarar (108,75 ming dollar) sifatida Romanga berilsa , 25% (36,25 ming dollar) Axmadaliyevga kafolatlangan gonarar sifatida beriladi. Lekin bu faqat bizga maʼlum qismi. Bunga qoshimcha bonuslar translyatsiyadan pul ham qoʻshiladi
   
27 jan 19:05:43
Nurmukhammad Abdullaev
Жалол гонорарлар хакада малумот йукми?
   
27 jan 16:04:29
H.H.K.13
Jalol Axmedov foydalanuvchining fikriga javob berish
Maqola yoqadi degan umiddaman
Мақолага гап йўқ, илоҳим, 2 та камар билан қайтганда ҳам бир биримизни табриклаб юриш насиб қилсин
   
27 jan 14:21:43
Fazliddin Eshnazarov
Raxmat maqola uchun Murodjon olga dustim xudo xoxlasa shunchaga erishding bunisigayam erishasan
   
27 jan 14:16:05
Shovkat
Ğalaba kutb qolamz bowawma Özbek
Maqolaga gap yoq
   
27 jan 13:34:09
Shohruh Lazizov
Ilohim g'alaba tilab qolamiza!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing