29 jan 12:00
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev Daniel Romanga qarshi chempionlik jangi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi
Bugun har ikki bokschi mazkur jang oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Unda Murodjon Ahmadaliev quyidagi fikrlarni bildirdi:
"O'zbek boksi doim professionallikka yaqin bo'lgan. Havaskor boksda hisobimda 350 dan ortiq jang bor, ularning 100 dan ortig'i nokaut bilan yakunlangan. Men katta qo'lqoplar bilan raqiblarga og'riq berishni bilaman. Men doim professional uslubga intilganman. SHuning uchun ham ushbu chorlovga tayyorman.
Rejam - ikkita kamarni olib, ushbu jangdan keyinoq uyimga ketishdir.
O'zbekistonda boks muxlislari ko'p, xuddi Meksika singari. Ular boksni boshqa sport turlariga qaraganda ko'proq yaxshi ko'rishadi va biz bokschilarni qo'llab-quvvatlashadi. Bizda hukumat tomonidan ham qo'llab-quvvatlov bor. Muxlislarimiz esa bizni duo qilishadi", - dedi Murodjon Ahmadaliev.
Fikrlar