15 fev 19:40
Yangiliklar
Murodjon Ahmadaliev ishtirokida birlashtiruvchi jang tashkil etilishi mumkin
"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn ushbu jangni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida Boxingnews24.com sayti xabar qilmoqda.
Eddi Xirn Murodjon Ahmadaliev va WBO chempioni Emmanuel Navarrete o'rtasida jang o'tkazishni istaydi. SHuningdek, xabarda Navarretening bo'yi Ahmadalievdan uzunligi, bu esa Murodjon uchun qiyinchilik tug'dirishi, hattoki agar jang tashkil etilsa Navarrete nokaut evaziga g'alaba qozonishi mumkinligi haqida gap borgan. Bu jangni tashkil etish orqali Xirn tavakkal qilishi mumkinligi aytiladi.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev shu yilning 30 yanvar kuni amerikalik Daniel Romanni mag'lubiyatga uchratib, WBA va IBF kamarlarini qo'lga kiritdi. WBO kamari sohibi Navarrete esa 22 fevral kuni Uaylder - Fyuri andekardida o'z kamarini himoya qiladi.
Kecha Xirn Ahmadalievning himoya jangini O'zbekistonda o'tkazishi mumkinligi, ushbu jang oqshomida Isroil Madrimov va SHahram G'iyosov ham ringga ko'tarilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Fikrlar