So’nggi yangiliklar

14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0

06 fev 17:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev O'zDJTSUda talabalar bilan uchrashdi + FOTO

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boks bo'yicha jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari sovrindori, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Murodjon Ahmadaliev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda Olimpiya o'yinlari sovrindori Rustam Saidov, boks bo'yicha terma jamoamiz azolari, universitet professor-o'qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Malumki, ko'plab sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining aksariyat qismini O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari tashkil etishadi. Ushbu o'quv yurti tarbiyalanuvchilari terma jamoalarimizning negizini tashkil etadi, desak ham mubolag'a bo'lmaydi.

Tadbirda ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektor Rashid Matkarimov terma jamoalarimizda Tokio Olimpiadasiga olib borilayotgan tayyorgarlik, sportchilarimizning licenzion musobaqalarga tayyorlanishi uchun hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar haqida gapirib berdi. 

Uchrashuv davomida mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy etibor yoshlarimizning har tomonlama sog'lom va barkamol insonlar bo'lib voyaga etishi, xalqaro maydonlarda iqtidor va salohiyatini keng namoyon etishida muhim ahamiyat kasb etayotgani takidlandi.

Mamlakatimizning barcha hududida yaratilgan keng imkoniyatlar tufayli sport millionlab yoshlarning sevimli mashg'ulotiga aylandi. Iqtidorli yoshlar har tomonlama qo'llab-quvvatlanib, ular xalqaro miqyosdagi nufuzli sport musobaqalarida munosib ishtirok etmoqda. Yurtimiz sportchilari jahon va qita chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o'yinlarida yuqori ko'rsatkichlarga erishayotir.

– Hozirgi yoshlarga havas qilaman, – deydi Rustam Saidov. – Sport bilan shug'ullanaman degan yigit-qizning orzularini ro'yobga chiqarish uchun barcha sharoit va imkoniyat bor. Bundan yoshlarimiz unumli foydalanishi zarur.

Uchrashuvda Murodjon Ahmadaliev o'z faoliyati, sportda erishgan natijalari haqida batafsil so'zlab berdi. SHuningdek, yaqindan yordam berayotgan ustozlariga xususan, universitet raxbariyatiga o'z  minnatdorchiligini izhor etdi.

– Bu kabi uchrashuvlar sportchilarimizning yutuqlaridan ibrat olib, bugungi sharoitlarning qadriga etishga undaydi, – deydi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Jasurbek Egamov. – Biz, yoshlar yuksak etibor va g'amxo'rlikka javoban bor kuch va bilimimizni yurt ravnaqi uchun sarflashimiz lozim.

Prezidentimizning Murodjon Ahmadalievga yo'llagan tabrigida takidlanganidek, el-yurtimizning ishonchini oqlab, mustaqil O'zbekiston sporti tarixida mutlaqo yangi va yorqin sahifa ochgan ushbu olamshumul zafar sohibi bo'lgan Murodjon kabi jasur va vatanparvar o'g'lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. 

O'zDJTSU matbuot xizmati




Reyting:    

Fikrlar

   
07 fev 13:41:46
Xusniddin94724
Adminlar Murodjon Axmadaliyev chempionlik jangida qancha miqdorda ganarar olgani haqida ma'lumot beringlar.
   
06 fev 18:06:37
Anvar Abdumurodov
Tinch qoyinglar Kamarni himoya qilish jangiga tayyorlansin endi. SHAHRAM ni eslanglar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing