01 fev 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev Roni Riosga qarshi jangining ehtimoliy sanasini malum qildi
Ikkinchi engil vazn toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev Roni Riosga qarshi jangi haqida gapirdi.
CHempionning malum qilishicha, bo'lajak bahs 23 yoki 24 aprel kuni AQSHda bo'lib o'tadi. Avvalroq har ikki tashkilot Ahmadaliev uchun majburiy himoya jangi buyurgan edi.
Malumotlarga qaraganda, tashkilotlar o'rtasida kelishuv yo'lga qo'yilgan. Unga ko'ra, "KAKA"ning birinchi bo'lib WBA kamarini Roni Riosdan (90 kun ichida) himoya qilishi belgilandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar