So’nggi yangiliklar

13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0

30 may 12:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev Toshkentda yangi divizionda jangini o'tkazdi - buning sababi malum

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
Kecha poytaxtimiz yirik professional boks oqshomiga mezbon bo'ldi.

Musobaqaning asosiy bellashuvida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ringga ko'tarildi.

Ikkinchi eng engil vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Murodjonning Venesuela vakili Egli Moskeda bilan jangi Ahmadaliev shu kunga qadar faoliyat yuritib kelgan ikkinchi eng engil vazn (55,2 kg) emas, yarim engil vazn toifasida (57,1 kg) tashkil etildi. 10 raundlik bahsda Murodjon raqibini to'rtinchi raundda texnik nokaut orqali engdi.

Hamyurtimiz yangi vazn toifasidagi jangini quyidagicha izohladi:

"Maqsadlarim o'zgarmagan — jahon chempionlik kamarlari va eng katta janglar. 55 kg vaznda o'zimni qulay his qilaman. Lekin munosib imkoniyat tug'ilsa, 57 kg divizioniga ko'tarilishga ham tayyorman. Vaziyatga real qarayman: agar Inoue ikkinchi eng engil vaznda qolsa, keyingi imkoniyatgacha yana ikki yil o'tib ketishi mumkin. Men esa kutgim kelmaydi. SHuning uchun boshqa vaznda ham chempionlik kamarlari uchun kurashishga tayyorman. Agar Inoue yuqori vaznga o'tib, titulni vakant qoldirsa, unda men 55 kg vaznda o'sha kamar uchun jang qilaman", deydi yurtdoshimiz.

Malumot uchun, yarim engil vazn toifasida yana bir hamyurtimiz — Otabek Xolmatov titul uchun davogarlardan sanaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing