31 jan 14:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievga chempionlik kamari taqdim etgan kechaning markaziy jangi to'qqiz raund davom etdi
Xabar berib o'tganimizdek, bugun professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliev amerikalik Daniel Romanni mag'lub etdi va ikki yo'nalish chempioniga aylandi.
Mayamida bo'lib o'tgan boks kechasining markaziy jangida o'rta vazn toifasida WBO kamari sohibi Demetrius Andrade Lyuk Kilerga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan bahs to'qqizinchi raundda yakuniga etdi.
Jangning to'qqizinchi raundida Andrade raqibiga bir necha kuchli zarbalar yo'llab, nokaut qilishga erishdi. SHu tariqa, Demetrius o'ziga tegishli bo'lgan WBO kamarini yana bir bor ishonchli himoya qildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar