So’nggi yangiliklar

16:29Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти истеъфога чиқди, унинг ўрнига ҳамюртимиз ташкилотни бошқаради 0 16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0

09 fev 12:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievga yana bir mashina sovg'a qilindi + FOTO

Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn (-55, 34 kg) toifasida IBF va WBA kamarlarini qo'lga kiritgan Murodjon Ahmadaliev 8 fevral, shanba kuni, Namanganga keldi.

Qamchiq dovonidagi viloyat chegarasida chempionni yaqinlari, viloyat hokimligi, jamoatchilik va OAV vakillari, sport muxlislari kutib oldi.



Murodjon Ahmadaliev yo'l-yo'lakay Pop va CHustda bo'ldi. Xususan, o'zi tug'ilib o'sgan CHust tumanida minglab muxlislar qurshovida qoldi.



Yo'l bo'ylari va bog'ni to'ldirgan hamyurtlari uni olqishlar bilan qarshi oldi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov sportchini g'alaba bilan qutlab, qolgan ikki versiyada ham chempionlik kamarlarini qo'lga kiritishiga umid bildirdi.



Namangan shahridagi viloyat Madaniyat markazida Murodjon Ahmadalievning viloyat yoshlari hamda boks ixlosmandlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda chempionga to'n kiydirilib, viloyat hokimligi sovg'asi — Damas avtomobili taqdim etildi.

Murodjon sahnadan pastga tushib, mashina kalitini qarsaklar ostida ota-onasiga topshirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ahmadalievga Prezident sovg'asi sifatida Chevrolet Tracker avtomobili hamda Toshkent shahridan uch xonali uy sovg'a qilingan edi.

Uchrashuv yoshlarning Murodjon Ahmadalievga turli mavzulardagi savollari bilan davom etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
09 fev 13:09:16
Komiljon.
Malades yawavor Murodjon
   
15 fev 17:08:32
Dilmurot
Omat tilayman bukus zuz
   
10 fev 14:20:26
Ahmad Abduraimov
Tohirxon90 foydalanuvchining fikriga javob berish
Obboo boshlandi tinme to'n kiydirish moshin berish)))
Xizmatiga yarawa olyabti
   
09 fev 19:30:41
Tohirxon90
Obboo boshlandi tinme to'n kiydirish moshin berish)))
   
09 fev 17:17:59
jasurbekuz
Молодец, лекин юлдузлик касалига чалинмаса булди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing