15 may 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangi bo'yicha aukcion o'tkaziladi: boshlang'ich narx 150 ming dollar
Birinchi yarim engil vazn toifasida ikki yo'nalishda jahon chempioni hisoblangan hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangini tashkil etish bo'yicha promouterlik savdolari o'tkaziladi.
WBA ushbu yo'nalishda chempion Ahmadaliev va majburiy davogar Ronni Rios o'rtasidagi jang bo'yicha kelishib olish uchun 6 may kuniga qadar muddat qo'ygandi. Ammo tomonlar bu muddat ichida kelisha olishmadi. Endi WBA ushbu jangni tashkil etish huquqini qo'lga kiritmoqchi bo'lgan promouterlar uchun savdo elon qildi.
Unga ko'ra, jangni tashkil etmoqchi bo'lgan kompaniya uchun narx 150 ming dollardan boshlanadi. Kelib tushadigan pulning 75 foizi Ahmadalievning jamoasiga, 25 foizi esa amerikalik Rios tomonga beriladi.
Aukcion 24 mayga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : WBA
Fikrlar