27 sen 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/135805_220.jpg)
Murodjon Ahmadalievning vaznida yangi chempion paydo bo'ldi
Bugun AQSHning Konnektikut shtati, Ankasvill shahrida boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu jang kechasi doirasida Luis Neri va Aaron Alameda ikkinchi engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBC kamari uchun jang qildi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi va unda meksikalik Luis Neri (115-113, 116-112 y 118-110) g'alaba qozonib, WBC kamarini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu vaznda WBA va IBF kamarlari Murodjon Ahmadalievga, WBO kamari esa Anjelo Leoga tegishli.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar