16 may 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning vaznidagi chempionlik jangida nokaut qayd etildi + VIDEO
Bugun Kaliforniyada professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu jang oqshomining markaziy to'qnashuvida ikkinchi o'rta engil vazn toifasida WBC kamari sohibi Luis Neri WBA yo'nalishidagi kamarlardan biri egasi Brendon Figeroaga qarshi jang qildi.
12 raundga mo'ljallangan bahs 11-raundda Figeroaning g'alabasi bilan yakunlandi. U chap qo'l orqali raqibga uchli zarba berganidan so'ng Neri yiqildi va shu tarzda jang to'xtatildi.
Bu orqali Figeroa ushbu vazn toifasida WBC kamarini ham qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, mazkur vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev IBF va WBA Super kamari sohibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar