09 noy 06:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon “Kaka” Ahmadaliev WBA kamarini himoya qiladi, raqib malum + FOTO
Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadalievning professional boksdagi beshinchi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi aniq bo'ldi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz 24 noyabr kuni AQSHning Atlantik Sitisida ringga ko'tariladi. Hamyurtimizning raqibi Isaak Zarate bo'ladi. Ahmadaliev ushbu 10 raundga mo'ljallangan jangda o'ziga tegishli bo'lgan WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qiladi.
Malumot uchun, Ahmadaliev professional faoliyati davomida to'rt marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining uchtasini u nokaut evaziga o'z foydasiga hal qilgan.
Amerikalik 27 yoshli Zarate esa 22ta jang o'tkazib, 16ta g'alabaga erishgan. Uchta jangda durang qayd etilgan va yana 3ta bahsda mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar