So’nggi yangiliklar

18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 17:20Ўзбекистон - Ҳиндистон ва бошқа ўйинлар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-тур ўйинлари ўтказилмоқда (LIVE) 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 17:30Осиё ўйинларининг илк кунини битта медаль билан якунладик 0

25 mar 14:47
Yangiliklar

Velosport

Murodjon Xolmurodov: “Olimpiadaning qoldirilishiga ijobiy qarayman”

Teglar :  VelosportXolmurodov
Xabaringiz bor, joriy yil Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkazilishi kerak bo'lgan Olimpiya o'yinlarining bir yilga qoldirilishi haqidagi xabar barcha sport jamoatchiligining muhokamasiga sabab bo'lmoqda.

Biz fursatdan foydalanib, Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan velosportchimiz Murodjon Xolmurodov bilan bog'lanib, uning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

–  Tokio Olimpiadasining qoldirilishiga qanday qaraysiz?
–  Dunyo bo'ylab kechayotgan pandemiya tufayli Olimpiada 1 yilga kechiktirildi. Bu Olimpiya tashkilotchilarining har tomonlama o'ylab qilingan tashabbusidir. Birinchi o'rinda sportchilar, ishtirokchilar, qolaversa, sayyohlarning sog'lig'i. Qolaversa, insoniyatni tashvishga solayotgan virus yanada avj olishining oldini olish bo'yicha bunday qaror qilingan. Olimpiya o'yinlarini qabul qilayotgan har qanday davlat nafaqat sport sohasida erishgan muvaffaqiyatlari, balki mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, nimalarga qodirligini, turistik salohiyatining rivojlanganligi, innovacion texnologiyalarining qay darajada taraqqiy etganligini ko'rsatishga harakat qiladi. Qolaversa, musobaqaning chet el sayyohlarisiz o'tishi mumkinligini inobatga holda Olimpiadaning qoldirilishiga ijobiy qarayman.

–  Bu sportchilarning tayyorgarligiga qanday tasir o'tkazadi?
–  Hozir butun dunyo bo'ylab barcha sport tadbirlari to'xtatilgan. Atletlar mashg'ulotlarni hech qanday musobaqasiz o'tkazishyapti. Buning natijasida sport formasiga kirish juda qiyin masala. SHunga qaramasdan mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz. Yaqin vaqt ichida hamma narsa o'z iziga tushib ketishiga ishonchim komil.

–  Endi Olimpiadaga tayyorgarlik bo'yicha yangi reja tuzsangiz kerak. U taxminan qanday bo'ladi?
–  Dastlabki reja yilni ko'tarinki kayfiyatda yakunlab olish. Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokimiz professional sportchilar bilan o'tishini inobatga olgan holda, inventarlarimizni ham shunga mos darajada tayyorlashimiz, natijalarimizni ham yaxshilab borishimiz talab etiladi. Endi mashg'ulotlardagi asosiy tayyorgarlik shu jihatlar asosida bo'ladi. Davlatimiz va sportimiz rahbariyatining qo'llab-quvvatlashi bilan bu rejalarimizni ko'ngildagidek amalga oshiramiz, degan umiddaman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing