So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

04 jan 12:19
Yangiliklar

Velosport, Olimpiya o'yinlari

Murodjon Xolmurodovga uy sovg'a qilindi

Taniqli o'zbek velosportchisi Murodjon Xolmurodov 1982 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug'ilgan.

Sportning ushbu turining dastlabki saboqlarini tumandagi bolalar-o'smirlar sport maktabida olgan.U faoliyati mobaynida nafaqat shosse, shuningdek trek yo'nalishida jahon va qita chempionatlarida, Osiyo kubogi va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarning g'olibi va sovrindori bo'lgan. Velosportchimiz 2012 yili London shahrida uyushtirilgan yozgi Olimpiada o'yinlarida vatanimiz sharafini himoya etgan.

Quvonarlisi, o'tgan yili Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) unga 2020 yili Yaponiya davlatining Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan velosportning shosse yo'nalishida qatnashishi uchun yo'llanmani taqdim qildi.Albatta, uning o'zbek sporti shanini ulug'lash yo'lidagi say-harakatlari besamar qolmayapti. Murodjon Xolmurodovga Xorazm viloyati hokimligi tomonidan Urganch tumanining CHandirqiyot qishlog'ida, yani Urganch shahri hududiga yaqin joyda yangi qurib bitkazilgan namunaviy uy-joy tuhfa etdi.

Bugun viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH.Madaminov, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi viloyat bo'limi vakili, mohir sportchining o'zi va uning ota-onasi yangi uyga qadam ranjida qilishdi.

O'z navbatida mashhur velosportchi ko'rsatilayotgan bunday etibor va g'amxo'rlik uchun hukumatimizga minnatdorlik izhor etib, bunga javoban, kelgusi musobaqalarda, xususan, joriy yilgi Olimpiadada ham yuqori ko'rsatkichlarga erishib, davlatimiz bayrog'ini ko'klarga ko'rsatishiga umid bildirdi.

Ayni damda, M. Xolmurodov velosportning trek yo'nalishida ham Olimpiada yo'llanmasiga sazovor bo'lish uchun harakat qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing