31 jan 19:01
Yangiliklar
Murodjonning oltini sabab kuchli sakkizlikdan joy oldik + Jadval
Umumiy mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etgan yilning ilk musobaqasida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar dzyudochisi ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. -73 kg vaznda kurashgan Murodjon Yo'ldoshev ushbu turnirda terma jamoamizning yagona oltin medalini qo'lga kiritdi.
Takidlash joiz, Portugaliya Gran-prisida etakchi dzyudochilarimiz ishtirok etishmadi. Ular musobaqa bo'layotgan paytda Ilias Iliadis boshchiligida Toshkentda mashg'ulot o'tkazishayotgandi. Besh nafar dzyudochimiz kelasi hafta Parijda o'tadigan "Katta Dubulg'a" turniriga hozirlik ko'rishyapti.
Yo'ldoshevning yagona oltin medali sabab O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya Gran-prisida 46 davlat oraisda umumjamoa hisobida kuchli sakkiztalikdan joy oldi. Bizdan yuqorida joylashgan Belgiya, Moldova, Braziliya va Xorvatiya terma jamoalarida ham bir nafardan chempion bo'lgan.
Fikrlar