08 iyu 22:28
Yangiliklar
Mustaqil O'zbekiston tarixida o'smirlarimiz ilk marotaba jahon chempionatida uchta oltin medalga ega chiqishdi!
Musobaqada -51kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Lazizxon O'zbekov finalga yo'l olgani haqida xabar berib o'tgandik. Bir necha daqiqa oldin hamyurtimiz hal qiluvchi jangda hindistonlik Laysharam Meyteyga qarshi gilamga chiqdi va raqibini mag'lubiyatga uchratdi. SHu tariqa, Lazizxon ushbu jahon chempionatida terma jamoamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo'shib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida shuningdek erkin kurash bo'yicha Jamshid Marufov oltin, SHahboz Komilov bronza medalini qo'lga kiritgandi. Yunon-rum kurashida esa sportchilarimizdan Abror Atabaev oltin, Amir Sultonov bronza medaliga sazovor bo'lgan.
Milliy olimpiya qo'mitasi muvaffaqiyat bilan O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi, sportchi va ularning murabbiylarini tabriklaydi.
Fikrlar