01 sen 00:16
Yangiliklar
Mustaqilligimizning 28 yilligi muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!
Sana munosabati bilan mamlakatimning barcha shahar va tumanlarida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlangan “Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” shiori ostida bayram tadbirlari o'tkazildi.
Albatta, tinch, osoyishta yurtga mana shunday bayramlar yarashadi. Yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, mustaqilligimizni mustahkamlash uchun xizmat qilish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va majburiyatimizdir.
Hurmatli vatandoshlar, sport muxlislari, ulug' kunda saytimiz ijodiy guruhi nomidan barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik to'yi bilan muborakbod etib, tinchlik, osoyishtalik, farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaydi!
Mustaqilligimiz abadiy, sportdagi yutuqlarimiz bardavom bo'lsin!
Fikrlar